Joriy yilning 15-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Ajou Motor Kolleji Xalqaro hamkorlik bo’limi xodimi Ph.D. Shin Jun Yong va Avtomobilsozlik kafedrasi va Xalqaro hamkorlik bo’limi dekani o’rinbosari Professor Kwonse Kim Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institutda joylashgan innovatsion laboratoriya xonalari, simulatsion markaz, yangi o'quv binolari bilan tanishtirildi. Shundan so'ng mehmonlar bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida Ajou Motor Kolleji bilan hamkorlik olib borish, talabalar va professor-o’qituvchilar mobilligi va almashinuvi orqali xodimlar malakasini oshirish haqida suhbat bo’lib o’tdi. Shuningdek, Ajou Motor Kollejining zamonaviy o’qitish usullaridan biri bo’lgan avtomobillar dizaynini yaratish va mashina jihozlarini o’rgatishda xaykaltaroshlik usulini institutimiz o’qitish tizimlariga ham joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati