Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutida fuqarolarni tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi

2021-yilning 13-oktabr sanasidan boshlab Andijon mashinasozlik institutida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021/2022 o‘quv yilida ushbu oliy ta’lim muassasasining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish boshlandi.

Oliy ta’lim muassasalariga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar bugun institutning katta anjumanalar zalida suhbatdan o‘tkazilmoqda.

2021/2022 o‘quv yilida ushbu tavsiyanoma asosida Andijon mashinasozlik instituti talabaligiga talabgor fuqarolar soni jami 84 nafarni tashkil etdi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish