2022 yil 28 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik institutida “O'zbekistonda Oliy taъlim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SYNERGY)” loyihasining Yakuniy konferentsiyasi bo'lib o'tdi.
Yakuniy konferentsiyada ishida:
- xorijiy xamkor OTMlar vakillari G'arbiy Attika Universiteti (Gretsiya), Riga texnika universiteti(Latviya) va Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti (Rossiya)professor-o'qituvchilari xamda qo'shni davlatlar Tojikiston texnologiya universiteti, Tojikiston davlat texnika universiteti va Qirg'iziston davlat texnika universitetlari professor-o'qituvchilari;
- hamkor ishlab chiqarish korxonalari “Uz Auto Motors” AJ, “Uz Dong Yang Co”, “Uz-Saemyung”, “Uz-Koram”, “O`zAutoAustem”, “Uz-Koji”, “Uz Dong Wong” MChJ qo'shma korxonalari, Andijon viloyati transport boshqarmasi, Elektr tarmoqlari Andijon viloyati xududiy boshqarmasi, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi, Andijon viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, “Uz TEST” DM Andijon filiali va Asaka avtomobilsozlik kolleji raxbar xodimlari va mutaxassilari ishtirok etdilar.
Yakuniy konferentsiya ishi oflayn va onlayn formatda olib borildi.
Yakuniy konferentsiyada loyiha texnik koordinatori va boshqa ijrochilar loyiha dirasida bajarilgan ishlar va natijalar haqida quyidagi ma'lumotlarni berdilar:
1. Loyiha davri 2018 yil 20 dekabr – 2022 yil 30 sentyabr.
2. Loyihaning umumiy byudjeti 145000 AQSh dollari, jumladan:
- Tovarlar uchun - 121299,27 AQSh dollari;
- Konsalting xizmatlar uchun – 14652,50 AQSh dollari;
- Boshqa xarajatlar uchun – 9048,23 AQSh dollari sariflandi.
Shulardan – 120816,27 AQSh dollariga zamonaviy o'quv-ilmiy jixoz va asboblar olinib, quyidagi 3 ta innovatsion laboratoriya va 1 ta markaz tashkil etildi:
1. “Modellashtirilgan ish muhiti (SWE)” innovatsion laboratoriyasi;
2. “Triboximmotologiya va resurslarni bashoratlash” innovatsion laboratoriyasi;
3. “Innovatsion loyihalash markazi” qoshidagi “Mashinasozlikda reinjenering” va “Raqamli boshqariluvchi dasgoxlar” o'quv-ilmiy laboratoriyalari.
12532,7 AQSh dollari professor-o'qituvchilarni rivojlangan xorijiy OTMlari-G'arbiy Attika Universiteti (Gretsiya) va Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti (Rossiya)larda tajriba ortirish uchun o'quv treninglarga sariflandi.
Viloyatdagi 10 dan ortiq mashinasozlik ishlab chiqarish korxonalari-“Uz Auto Motors” AJ, “Uz Dong Yang Co”, “Uz-Saemyung”, “Uz-Koram”, “O`zAutoAustem”, “Uz-Koji”, “Uz Dong Wong” qo'shma korxonalari, Andijon viloyati Transport boshqarmasi, Elektr tarmoqlari Andijon viloyati xududiy boshqarmasi “Uz TEST” Andijon filiali va boshqalar bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan xamda mutaxassis chiqariuchi kafedralarning filiallari tashkil etilib, ularda talabalarning malakaviy amaliyoti va amaliy mashg'ulotlar loyiha doirasida ishlab chiqilgan yangi innovatsion 5+1 o'quv modeli asosida ishlab chiqilgan NIZOM bo'yicha darslar o'tkazilmoqda.
Ushbu ishlab chiqaruvchi korxonalarda institutning 50 dan ortiq professor-o'qituvchi va xodimlari qisqa muddatli stajirovka o'tadilar va sertifikatga ega bo'ldilar.
Talabalarda ishlab chiqarish muhitiga moslashish ko'nikmasini berish maqsadida “SPARK R2 engil avtomobil detallarini konveyrda yig'ish ish muxitini modellashtirish” virtual laboratriyasi va kompyuter dasturi yaratildi, o'quv jarayoniga qo'llanildi va unga O'zbekiston intellektual agentligining № DGU 14620 raqamli guvoxnomasi olindi.
Manba: Loyiha rasmiy veb-sayti