Yangiliklar

Image

“METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJDMENTI” KAFEDRASIDAN YANGILIKLAR

Andijon mashinasozlik instituti Janubiy Koreyaning Handong Xalqaro Universiteti bilan UNESCO UNITWIN loyihasi doirasida hamkorlikni davom ettirmoqda. Loyiha doirasida loyiha ishtirokchilari bilan faol hamkorlik qilish va keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 2022-yil 1-5-iyul kunlari Andijon mashinasozlik institutiga Janubiy Koreyaning Handong Xalqaro Universitetining 4 nafar professori va loyihaning mintaqaviy koordinatori tashrif buyurishgan edi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institut professor-o’qituvchilar bilan uchrashuv va seminar  tashkil etilib, biotibbiyot muxandisligi yo'nalishi talabalari uchun tibbiyot informatsion tizimlari, sun’iy intellekt va biotibbiyotda nanotexnologiyalar bo‘yicha ma’ruzalar (mahorat darslari) tashkil etildi.

Tashrif davomida “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejdmenti” kafedrasining loyiha a’zolari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, har o‘quv yilida kamida 4 nafar Janubiy Koreyaning professor-o‘qituvchilari beg‘araz yordam sifatida mahorat darslarini olib borish uchun Andijon mashinasozlik institutiga tashrifini tashkil etish, institutning Axborot resurs markazi bilan markazini raqamli ta’lim kontseptsiyasi asosida takomillashtirish hamda institut professor-o‘qituvchilarini salohiyati yanada oshirishga yo‘naltirilgan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish  haqida kelishib olingan edi.

Ushbu loyihaning samarali bosqichlaridan biri sifatida shu kunlarda Janubiy Koreya Ta’lim vazirligining UNESCO UNITWIN dasturi doirasida Handong Xalqaro Universiteti bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihasi tarafidan Andijon mashinasozlik institutiga biotibbiyot muxandisligi, informatsion texnologiyalar, materialshunoslik, yangi materiallar texnologiyasi va boshqa muxandislik yo‘nalishlari bo‘yicha 50 nomdan ziyod  noyob texnik adabiyotlar beminnat etkazib berildi.

Manba: www.andmiedu.uz

Qidirish