O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining 2022 yil 17 avgustdagi yig‘ilish 8-bayonnomasi 7-ilovasi bilan tasdiqlangan rejasi, viloyat Hududiy kengashining tavsiyalariga ko‘ra, Andijon mashinasozlik instituti akademik liseyida 2022 yil 12-noyabr kuni "9-dekabr - Xalqaro Korrusiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan Aqsilkorrupsiya oyligi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev, akademik lisey Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Axmedova, Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari B.Pulatov va akademik lisey Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mas’ul xodim A.Raxmatullayevlar ishtirokida lisey o‘quvchi-yoshlar bilan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatidan so‘ng Akademik liseyda 2021 yildan beri faoliyat olib borayotgan "Korrupsiyaga qarshi kurash kurashish bo‘yicha o‘quvchi-yoshlar klubi"ning rejasiga asosan navbatdagi tadbir amalga oshirildi. Yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini rivojlantirish, ularda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida klubga yangi a’zolarini qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Klubning yangi a’zolariga klub a’zosi maqomini beruvchi shaxsiy beydjiklarni Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev tomonidan tantanali topshirildi.
Tadbirni akademik lisey Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari B.Pulatov ochib berdi. Institutning aqsilkorrupsiya tuzilmasi raxbari V.Turdiyev respublikamizda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yutuq va muammolar to‘g‘risilda batafsil ma’lumotlar berdi. Ochiq muloqot va samimiylik ruhida o‘tgan tadbir davomida o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Tadbir yakunida institutning “Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubi” faoliyatiga oid vodeoroliklar namoyish etildi.
Shu kuni "9-dekabr - Xalqaro Korrusiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan Aqsilkorrupsiya oyligi doirasida Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev ishtirokida akademik liseyda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi-xodimlar bilan "Korrupsiya davlat rivojiga to‘siq" profilaktik suhbat o‘tkazildi. Tadbir davomida institutning aqsilkorrupsiya tuzilmasi raxbari O‘zbekistonda, vazirlik tizimi va institutda Korrusiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, aniqlangan qonunbuzarliklar, shu jumladan korrupsion holatlar alomatlari bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Soha bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar misolida jinoyatga, korrupsiyaga qo‘l urganlarga jazo muqarrarligini eslatib o‘tdi. Suhbat yakunida o‘qituvchi-xodimlarga "9-dekabr - Xalqaro Korrusiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati