Joriy yilning 14-noyabr kuni institutda Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan e'lon qilingan "Yoshlar oyligi" doirasida Zukko kitobxon ko'rik-tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda "Jinoyat va Jazo" - Fyodor Dostoevskiy, "O'tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy, "Odam bo'lish qiyin" - O'lmas Umarbekov, "Kichkina shahzoda" - Antuan de Sent Ekzyuperi, "Hayotga muhabbat" - DJek London kitoblaridan savollar o'ynaldi.
Tanlov yakuniga ko'ra Transport va logistika fakulteti jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi, Avtomobilsozlik fakulteti kitobxonlari ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa Elektrotexnika fakulteti jamoasi uchinchi o'rinni band etishdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati