Yangiliklar

Image

Institutda "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi bo'lib o'tdi

Ma'lumki so'ngi yillarda yurtimizda talabalarni nafaqat o'qishni bitirgangan so'ng, balki xohishiga qarab o'qish davomida ham ishlashlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 4-martdagi videoselektor yig’ilishida talabalarni ish bilan ta’minlash, ularni band qilish, doimiy daromad manbaini topishlariga ko’maklashish bugungi kunning dolzarb masalasi etib belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan institutimizda doimiy tarzda "bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi o'tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 14-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutida navbatdagi "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda viloyatimizning eng yirik ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarining mas'ullari hamda talabalar ishtirok etdi. 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish