Yangiliklar

Image

INSTITUTNING AXBOROT RESURS MARKAZIDA DINIY-MA’RIFIY SUHBAT TASHKIL ETILDI

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumotlarga shu qadar ko‘p ega bo‘lish mumkin. Bazan go‘yoki yaxshilikni targ‘ib etgandek bo‘lib, aslida esa ortida boshqa maqsadni ko‘zlayotganlar ham bisyor. Ayniqsa din borasida yetarli bilimga ega bo‘lmagan yoshlarni mana shunday qing‘ir yo‘lga og‘dirish ularning “oliy maqsadi” ga aylangan.

 Unda Viloyat bosh imom hatibi o‘rinbosari Mo'minov Muhammadisxoq domla talabalarga Islom dini haqida tushunchalar berdi.

Uchrashuvda Viloyat bosh imom hatibi o‘rinbosari Mo'minov Muhammadisxoq domla mana shunday guruhlar ta’siriga tushib qolmaslikka, qonun bilan ta’qiqlab qo‘yilgan bazi-bir shaxslarning ma’ruzalarini tinglamaslikka chaqirdi. Shuningdek din borasida qiziqtirgan savollarga O‘zbekiston musulmonlar idorasiga tegishli rasmiy sahifalar orqali javob olish mumkinligi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri diniy idora vakillariga murojaat qilish kerakligini aytdi.

Uchrashuv davomida talabalarning savollariga javoblar berildi.

AndMI axborot xizmati

Qidirish