Yangiliklar

Image

ROSSIYA FEDERATSIYASINING VORONEJ DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI VAKILLARI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

Rossiya Federatsiyasining Voronej davlat texnika universiteti vakillari Xalqaro ta'lim instituti direktori Budko Valeriya Vyacheslavovna hamda Xalqaro ta'lim instituti direktorining o'rinbosari i.f.n.dotsent Shulgin Aleksey Vyacheslavovichlar institutimizga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni institut rektori Umid Turdialiyev, O'quv ishlari bo'yicha prorektor Suhrob Aliyev, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Fotima Karimovalar kutib oldi va dastlabki tanishuv jarayonlari kirishildi. Mehmonlarga institutdagi fakultetlar, va ulardagi mavjud yo‘nalishlar, xalqaro hamkorlik aloqalari, o‘quv jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek ular tomonidan ham Voronej davlat texnika universiteti haqidagi ma’lumotlar tinglandi.

Shundan so‘ng mehmonlarni institutda talabalarning yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida barcha binolari bo‘ylab kichik ekskursiya tashkil etildi.

Dastlab asosiy binoda joylash Fizika laborotoriyasi bilan tanishtirildi. So‘ngra Transport va logistika, Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti binosidagi moddiy texnik baza ko‘rildi. Fakultetdagi dasturiy ta’minot bo‘yicha yaratilgan xonalar, mini stadion hamda tez kunda faoliyat boshlashi rejalashtirilgan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘llajlangan servis shular jumlasidan.

Avtomobilsozlik kaferasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar bilan yaqindan tanishdilar.  Ayniqsa institut laborotoriyasi hamda yangi o‘quv-amaliyot binosi ularda juda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘qituvchilarning farzandlari uchun tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ularda yana bir bor qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif so'ngida mehmonlarga institut haqida to'liq malumotlar aks etgan flayer va broshuralar taqdim etildi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish