Jalaquduq tumani 27-umumta’lim maktabi o‘quvchilari joriy yildagi Andijon mashinasozlik institutiga ochiq eshiklar kuni tashriflari bilan kelgan ilk bitiruvchilar bo’lishdi. Bitiruvchilarni institut yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Haliqova institut bilan tanishtirdi. O’quvchilarga institut yo’nalishlari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Institut tarixi hamda faoliyatiga doir faktlar aytildi. Shuningdek bitiruvchilar talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, institut anjumanlar zali, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xonalari bilan tanishtirildi.
Manba: AndMI matbuot xizmati