2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etilishi belgilangan, xususan Andijon mashinasozlik institutida ham!!!
1. Institutda o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida birinchi kurs talabalari uchun dastlabki tanishtiruv haftaligi (6-sentyabrdan - 11-sentyabrgacha) tashkil etiladi va o‘quv rejalariga muvofiq fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari 2021 yil 13 sentyabrdan boshlanadi.
2. Tanishtiruv haftaligida talabalarni kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtirish ishlari tashkil etiladi;
3. Tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash joyi respublikaning boshqa viloyatlarida bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasalariga yetib kelishi bilan institut talabalar turar joylariga joylashtiriladi;
4. 2-3-4 kurs talabalari uchun dars mashg‘ulotlari umumiy tartibda 2021 yilning 6 sentyabrdan boshlanadi.
Manba: AndMI matbuot xizmati