Yangiliklar

Image

"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  tomonidan ilgari surilgan yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5 ta tashabbusdan biri yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib qilishdir. Bu borada yurtmizda salmoqli islohotlar va ishlar olib borilmoqda. Bulardan biri yurtimiz yoshlarni kitobxonlikka targ'ib etuvchi "Yosh kitobxon", "Kitobxon talaba" va shunga o'xshash tanlovlarning tashkil etilishidir.

 2021 yil 25 iyun kuni Andijon davlat universitetida "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Ko'rik tanlovda Avtomobilsozlik fakulteti 1-bosqich talabasi Jaloldinova Nozima qatnashib faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbot etib tanlovning respublika bosqichlarida ham mana shunday yuqori o'rinlarni olishiga tilakdoshmiz.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish