Yangiliklar

Image

"Pandemiyani sport orqali yengamiz" mavzusida sportning arg‘amchi o‘ynash va yugurish turlari bo‘yicha  musobaqalar tashkil etildi

2021 yilning 25 iyuni kuni Sanoat MFY da Andijon mashinasozlik instituti Talaba sport-klubi tashabbusi bilan mahalladagi uyushmagan xotin-qizlari  o‘rtasida  tashkil etilgan "Begoyimlar" sport-sog‘lomlashtirish jamoasi a’zolari hamda institutning O‘zbek tili va adabiyoti va Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida "Pandemiyani sport orqali yengamiz" mavzusida sportning arg‘amchi o‘ynash va yugurish turlari bo‘yicha  musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalarda faol ishtirok etgan xotin-qizlarga sport klubning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish