Yangiliklar

Image

Tikuvchilik to‘garagi faoliyati

Oliy ta’lim muassasi o‘z talabalarini nafaqat ilmiy salohiyatini balki ularning katta hayotiga ham asqotadigan bilimlar beradigan dargohdir. Talabalarni katta hayotga tayyorlashda ularga fanlardan berilgan ilmlar kabi kasb-hunarga oid ko‘nikmalar ham birdek foydalidir. Institut talaba qizlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil hamda ularni qo‘shimcha kasbga yo‘naltirish maqsadida 1-TTJ da yashovchi qizlar uchun yotoqxonada tikuvchilik to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

To‘garakda talaba qizlar nafaqat o‘rganish balki o‘zlari buyurtmalar qabul qilib moddiy jihatdan o‘z oilalariga foyda keltirishlari mumkin va bu allaqachon o‘z mevasini berishni boshlagan. Shuningdek to'garakka institut atrofidagi mahallalardan uyushmagan yoshlardan  ham qatnashuvchilar bor. Bugun yana bir qabul qilingan buyurtma asosida tayyorlangan ish o‘z egasiga yetkazildi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish