Yangiliklar

Image

Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ya'nada kuchaytirish maqsadida seminar bo'lib o'tdi

Tadbirni institut rektori  U.M.Turdialiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra Andijon viloyati DXX boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan “TA’LIMDA TA’MAGIRLIK” deb nomlangan videofilm namoyish etildi. Ushbu film namoyishidan keyin so‘zga chiqqan DXX boshqarmasi xodimi respublikada, shu jumladan viloyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar, oliy ta’lim muassasalarida korrupsion holatlar omillari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi, tadbirga to‘plangan professor-o‘qituvchi va xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Amaliy seminar ochiq muloqot va fikr almashuv ruhida o‘tkazildi. Tadbirni yakunlar ekan, institut rektori barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni noqonuniy hatti-harakatlardan, shu jumladan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasligi, ushbu holatlarni sodir etganlarning javobgarligi, jazo muqarrarligi haqida rasman ogohlantirdi.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev, Institut matbuot xizmati xodimlari

Qidirish