Yangiliklar

Image

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" . Ushbu kun viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida keng nishonlanmoqda. Har yilgi bayram tantanalaridan farqli ravishda bu galgi bayramlar oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki bilan kechmoqda. 

Bugun Andijon shahrida joylashgan 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga institutimizning Axborot Resurs-markazi xodimlari tashrifi amalga oshirildi. 

Jajji kitobxon g‘oyasiga yo‘g‘rilgan tashrif davomida bolajonlarga bayram munosabati bilan turli ertak kitoblar va o‘yinchoqlar ulashildi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish