Yangiliklar

Image

Mahalla yoshlarini sportga jalb etish tadbirlari davom etadi.

Kuni kecha institutning Talabalar sport klubi tashabbusi bilan institutga biriktirilgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar uchun futbol o‘yinlari tashkil etildi.

Birlik hamda Sholdirama MFY yoshlari institutning yangi binosida qad rostlagan mini stadionda o‘zaro bellashdilar.

Yoshlar Yangi va zamonaviy stadionda eng muhimi mutlaqo bepul tarzda tashkil qilinayotgan shu kabi futbol o‘yinlari o‘tkazilishiga hamisha hayrixoh ekanliklarini aytdilar va tashkilotchilik uchun institut ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish