Joriy yilning 10-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talaba qizlari uchun “Oila mustahkamligining ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi tashkil etildi.
Oila-jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi. Unda ajdodlarimiz merosi, bugunimizning oydin sahifalari, ertangi kunimiz umidi bor. Biz shu oilada kelajagimiz egalari, millatimiz vorislarini tarbiya qilamiz. Bu muqaddas dargohda kechagina beshikni tebratib, bag‘rimizga bosib, ovutganlarimiz – farzandlarimiz o‘smoqda. Ona O‘zbekistonimizda ham oila hamisha muqaddas sanalgan. Oilani qo‘llab quvatlash va bola manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan konstitusiyaviy normalar qator qonun va qonun osti hujjatlarida o‘z aksini topgan. Oilaning asosiy vazifasi xam jamiyatga fidoyi komil insonlarni yetishtirib berishdan iborat. Zero, sog‘lom bola bu sog‘lom oilaning mevasidir. Sog‘lom inson deganda, faqat jismoniy sihat-salomatlikni emas, balki o‘zbek xalqiga xos sharqona odob-axloq, milliy g‘oya va bag‘rikenglik, insonparvarlik kabi ezgu his-tuyg‘ular ruhida kamol topgan manan yetuk insonni tushunishimiz mumkin. Oila mustahkamligida beqiyos o’rin tutadigan ayol-qizlarimizga navzu borasida tushunchalar, tavsiyalar berildi. Berilgan savollarga hayotiy tajribalarga ega ustozlar tomonidan javoblar berildi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati