Yangiliklar

Image

Olima ayollar respublika ilmiy-amaliy anjumani

Andijon mashinasolik institutida “Fan-texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni” mavzusidagi Olima ayollar respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Anjumanni oʻtkazishdan maqsad: ixtirochi, olima, doktorant, talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarning natijalarini muhokama qilish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish va hayotga tadbiq etishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilada va jamiyatda hamda ilmiy-ijodiy faoliyatida erishayotgan yutuqlarni ibrat sifatida koʻrsatish orqali xotin-qizlarni ilmli boʻlishga undash, zamonaviy kasblarni egallashga targʻib qilish.

Forumda fan va texnikaning turli yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan 80 nafardan ziyod olima, doktorant, magistrant va talaba xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarning natijalari muhokama qilindi.

Koʻrgazmada 75 nafar xotin-qizlar oʻz mahsulotlari bilan qatnashdi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish