Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik texnikumida "Oila tinchligi - Yurt tinchligi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Yoshlar Forumi doirasidagi “OILA TINCHLIGI-YURT TINCHLIGI” nomli davra suhbati Andijon mashinasozlik texnikumidagi 2021-yil 27-fevral kuni o‘tkazildi. Davra suhbatini Andijon mashinasozlik texnikumi direktori Malohat Qosimova olib bordi. Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti Xotin- kizlar masalalari buyicha maslahat kengashi raisi Ranoxon Yusupova, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasining mudiri Xabibaxon Jurabekova, Andijon shahar otinoyisi Yorqinoy Shokirova, Mirpoʻstin Ota “MFY”ning diniy qoʻmita vakilasi Gulchexraxon Qaxxarovalar ishtirok etdilar.

“Oilaviy nizolar va ularni oldini olish”, “Oilaviy ajrimlarni keltirib chikarayotgan sabablar va ajrimlarga barham berish” va “Yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar” haqida maʼruzalar va hayotiy misollar yigʻilganlar ongida yaxshi taassurot qoldirdi. Oliy taʼlim, texnikumlar hamda litseylar orasida turli sohalar boʻyicha keng qamrovdagi davra suhbatlari, bellashuvlar davomli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Kelgusida muqaddas oilaning bek va bekalari boʻlmish yoshlarimizga Diniy qoʻmita, Mahalla fuqarolar yigʻini faollari ishtirokidagi bugungi uchrashuvni institut Rektori, Xotin- qizlar maslaxat kengashi , texnikum jamoasi hamkorlikda oʻtkazdilar.Talaba yoshlarni orasida yosh oilalarni buzilishiga sabab boʻlayotgan voqealar tavsilotlari yuzasidan qizgʻin davra suhbati olib borildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan maʼruzachilar bilan oʻrtoqlashdilar va yigʻilish yakunida mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirar ekanlar, shu kungiday davra suhbatlari yana davom etishi istagida ekanliklarini bildirdilar.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish