Oliy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida bugun Andijon mashinasozlik instiututiga Qorasuv shahridagi 19-litseyning bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar institutning moddiy-texnik bazasi va shu asosida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Katta anjumanlar zali, shinam oshxona, keng va yorug‘ auditoriyalar, zamonaviy laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan xona, sport zallari, fitnes klubi, 15 mingga yaqin adabiyotga ega Axborot-resurs markazi, cheksiz internet tarmog‘i, bularning barchasi talabalar uchun xizmat qilayotganligi o‘quvchi yoshlarda ham talaba bo‘lish istagini yanada kuchaytirgan bo‘lsa ajab emas.
Manba: AndMI matbuot xizmati