Yangiliklar

Image

Institutda “Bilimli yoshlar -kelajagimiz bunyodkori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy koʻrsatuv tayyorlandi.

2021 yil 24-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti axborot-resurs markazida institut Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda Andijon viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Maʼnaviyat -qalb koʻzgusi” rukni ostidagi koʻrsatuvga “Bilimli yoshlar -kelajagimiz bunyodkori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy koʻrsatuv tayyorlandi. Ushbu koʻrsatuvda institutimiz talaba yoshlari, magistrant va doktorantlari, taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshlig‘i M.Yusupova, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Joʻrabekovalar tomonidan kitob oʻqish, ona tilimizning sofligini asrash, yoshlarni har tomonlama bilimli boʻlishlarida institutimizda amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakda nimalarga ahamiyat berilishi zarurligiga oid fikr va mulohazalar, takliflar  bildirildi.

 

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish