Yangiliklar

Image

"Mehrli qo'llar" aksiyasi Andijon mashinasozlik institutida

Muqaddas dinimizda insonlarga Alloh tomonidan dunyoda yaxshilik qilish buyurilganligi aytiladi. Yaxshilikning ko’rinishlari turlicha bo’lib har birimiz hayotimizda ko'ramiz yoki shunday ishlarda ishtirok etamiz. Ana shunday savobli ishlardan biri bu ehsondir.

Qur`oni Karimda ham ehson qilish haqida juda ko’plab oyatlar kelgan bo‘lib, ayniqsa yetimlarga qilinadigan ehsonning darajasi ulug’ ekanligi yozilgan. Bugun ana shunday ehsonlardan biri institutning bir guruh talabalari tashabbusi bilan uyushtirildi.

Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti TJICHAB yo’nalishi 4-bosqich 267-17 guruh talabalari guruh murabbiyi bilan birgalikda Andijon viloyatidagi mehribonlik uyiga tashrif buyurib u yerda istiqomat qilayotgan ko’ngli yarim bolajonlarga mehr ulashdilar. Mehribonlik uyidagi bolajonlarning nigohi har qanday tosh yuraklarni ham eritib yuboradi. Ularga ozgina bo‘lsada mehr va quvonch ulashgan talabalar ham o‘zgacha hislar bilan bolajonlar uyini tark etishdi. Talabalar institutning qolgan talabalarini saflariga chorlab institut miqyosida “Mehrli qo’llar” aksiyasini tashkil etishga chaqirishdi.

P.S: Aksiya faqat qolganlarni tashabbusga chaqirish maqsadida yoritildi. Zero "Chap qo'ling berganni, o'ng qo'ling ko'rmasin". Har birimiz yaxshilik qilishga qodirmiz, hech bo'lmaganda tabassum qilishimiz va shirin so'zimiz bilan.

Manba: AndMI matbuot xizmati

 

Qidirish