Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutiga AQShning O'zbekistondagi elchixonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

Joriy yilning 12 fevral kuni Andijon mashinasozlik institutiga AQShning O'zbekistondagi elchixonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsadlar quyidagilar:
1. AQSh elchixonasining Fulbrayt dasturi doirasida institutga volontyor Alon Shneydmenni olib kelish.
2. AQSh elchixonasining Andijon mashinasozlik institutida amalga oshirilayotgan Access loyihasi bilan yaqindan tanishish.
Delegatsiya tarkibi Joanna Kramb-AQShning O'zbekistondagi elchixonasi madaniy ishlar bo'yicha koordinatori, Feruz Akobirov - elchixona xodimi va Alon Shneydmen - Fulbrayt dasturi volontyoridan iborat.


Birinchi navbatda mexmonlar va institut rektori boshchiligadagi institut raxbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Manba: AndMI matbuoti

Qidirish