Yangiliklar

Image

Yoshlar masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi

Yoshlar va aholi orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik firibgarlik, o‘z joniga qasd qilish va suyuqasd qilish holatlarini oldini olish, ijarada yashovchi talabalar xonadonlarini nazoratga olish, ularni yashash sharoitlarini o‘rganish, yuzaga kelayotgan va kelishi mumkin bo‘lgan muammo va holatlarni barvaqt oldini olish va bartaraf etish kabi masalalar hamon dolzarbligicha qolmoqda. 

  2020-yilning 30-yanvar kuni institut xududida joylshgan Cho‘lpon 100 yilligi, Ozodlik, Mehnat, San’at va Sholdirama MFY raislari hamda ularning maslahatchilari va ushbu MFYlarga biriktirilgan huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha inspektorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish aynan mana shu masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda Andijon shahar  Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan Abdurahmonov Xurshidbek, Olimov Odiljon, hududda joylashgan Holiqberdiboy masjidi bosh imom-xatibi Nazirov Ulug‘bek, mahalla raislari va o‘rinbosarlari hamda  institut rektori Umid Turdialiyev boshchilidagi institutning yoshlar masalalariga mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni kirish so‘zi bilan institut rektori Umid Turdialiyev ochib, yig‘ilish ishtirokchilariga institutda talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida qisqacha axborot berdi. Institut rektori 2020-2021 o‘quv yilida yoshlarimiz uchun o‘qishga kirish tartibidagi bir qator o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar sabab ular 5 tagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lganliklari, bu esa insitut talabaligiga tavsiya etilgan yoshlar orasida boshqa viloyat yoshlarini soni har yilgiga nisbatan bir muncha ortganligiga urg‘u berdi. Tabiiyki ularni yashash joyi bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator qiyinchiliklarga duch kelinganligini aytib o‘tdi.

Shuningdek institut rahbari oliygoh imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar yotoq joy bilan ta’minlanganligi, ammo bu yetarli emasligini aytdi. 

“Ko‘plab talabalarimiz institut hududiga yaqin bo‘lgan mahallalardagi xonadonlarda istiqomat qilmoqda. Ular yashayotgan xonadonlardagi moddiy va ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bu orqali ular orasida huquqbuzarlik holatlarini oldini olishga qaratilgan tadbirlarda Siz mahalla faollari va tegishli mas’ullarni hamkorlikka chorlaymiz” – dedi rektor.

Shuningdek  Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari ham yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan bir qator profilktik tadbirlar o‘tkazishda institut moddiy texnik bazasidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini aytdilar. Ayniqsa talabalar orasida ushbu tadbirlarni tez-tez o‘tkazib turish orqali kutilgan natijaga tezroq erishish mumkinligi aytildi. Shu kabi tadbirlarni reja asosida muntazam ravishda mahalladagi uyushmagan yoshlar hamda u yerda istiqomat qiluvchi aholi va talabalar orasida tashkil etish zarur ekanligini aytdilar.

Yig‘ilish davomida imom xatib Ulug‘bek Nazirov ham so‘zga chiqdi va o‘zi faoliyat olib borayotgan masjid xodimlari bilan birgalikda joylardagi tarbiyasi og‘ir yoshlar orasida muntazam ravishda tarbiyaviy ishlarni olib borayotganligini aytib o‘tdi. Taklif sifatida esa yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirish qaratilgan suhbatlarni  kengroq doirada tashkil qilishni aytdi va bu borada mahalla raislari va tegishli organ vakillaridan shu kabi uchrashuvlarni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatishlarini so‘radi.

Uchrashuv davomida yig‘ilgan ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi. Ularni aksariyati esa mavjud muammolarga yechim sifatida qabul qilindi. 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev, AndMI matbuot xizmati xodimlari

 

Qidirish