Yangiliklar

Image

Iqtidorli talabalarining ilmiy faoliyat natijalari va ularni takomillashtirish masalalari bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun institutning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Elektrotexnika” fakultetlari 3-bosqich talabalari o‘rtasida “Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Iqtidorli talabalarining ilmiy faoliyat natijalari va ularni takomillashtirish masalalari bag‘ishlangan muloqotni iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Numonjonova olib bordi. Unda 2020-yil davomida institutimiz talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari haqida ma’lumotlar berildi hamda institutimiz talabalari uchun e’lon qilingan "Eng yaxshi innovatsion g‘oya egasi" tanlovi uchun loyihalar qabul qilinishi davom etayotganligi haqida aytib o‘tildi. 

 Ochiq muloqotda institutimiz iqtidorli yoshlaridan biri Beruniy hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari sohibi Yusupov Said Abrorxon ishtirok etib, o‘zining erishgan yutuqlari va ilmiy faoliyatdagi natijalari haqida talabalar bilan o‘rtoqlashdi va talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Manba: Institut matbuot xizmati

Qidirish