Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti rektori Izboskan tumanida maktab o’quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-son Farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari va xalq ta’lim muassasalari hamkorligi belgilangan. Hamkorlik bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasi o‘ziga biriktirilgan reytingi nisbatan past bo‘lgan umumta’lim maktablarida uchrashuvlar o‘tkazishi va maktab reytingini ko’tarishda yordam berishi belgilangan. Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti rektori Izboskan tumani 8-maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda U.M.Turdialiyev o‘quvchilar orasida oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirish va bu masalada institut o‘z imkoniyatlari doirasida har qanday yordamga tayyorligini bildirdi. O‘quvchilarni kelajakda yurtga kerak bo‘ladigan komil inson qilib tarbiyalash va bu maktabning viloyatdagi reytingini yaxshilash bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek U.M.Turdialiyev ota-onalarga yuzlanib ularni farzandlari kelajigiga bevosita daxldorligini yana bir bor eslatib, farzandlari kelajagiga befarq bo‘lmasligini so‘radi.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev, Institut matbuot xizmati xodimlari

Qidirish