Yangiliklar

Image

RECTOR CUP 2021 RESPUBLIKA TANLOVI O‘Z YAKUNIGA YETDI.

Bugun oliygohimizda Robototexnika bo’yicha Rektor CUP 2021 musobaqalariga start berildi. Musobaqa Robosumo, robofootball, chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotlar hamda foydali model yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi. Unga respublikamizning turli viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 100 dan ortiq ishtirokchilar jalb etildi. Kun davomida qizg‘in va murosasiz kechgan baxslar yakunida 2 yo‘nalish Robosumo va chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotlar yo‘nalishi bo‘yicha mutlaq g‘oliblik Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabalari Dauletnazarov Jaqsiliq Iskender o‘g‘li va Xamidov Bek Alimovichlarga nasib etgan bo‘lsa, robofootball yo‘nalishida Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi tengsiz deb topildi. Foydali model yo‘nalishi bo‘yicha musobaqaning eng yosh ishtirokchisi 14 yoshli Rahimov Fazliddinga nasib etdi.

Manba: Matbuot xizmati

Qidirish