Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarni rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-avgust PQ-4422 son qarori ijrosini taʼminlash, ishlab chiqarish korxonalari bilan integrasiyani kuchaytirish institutda ilmiy-tadqiqot ishlarni tijoratlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2021-yil 6-yanvar soat 1100 da “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi hamda “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon hududiy boʻlimi hamkorlikda “Energiya resurslari iste’molini me’yorlashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Andijon viloyat xokimligining kotibiyat mudiri, “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon hududiy bo’limi boshlig’i, kafedra professor o’qituvchilari, kafedra magistrantlari hamda ishlab chiqarish korxonalarining bosh muhandislari va energetiklari ishtirok etdilar.
Seminar natijasida energiya tejash masalalari, kadrlar tayyorlash ilmiy tadqiqot mavzulariga oid yo’l xaritasi belgilandi.
Bekzod Yusufaliyev, Institut matbuot xizmati xodimi