Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi maktabgacha ta’lim muassasasida yangi yil bayrami nishonlandi.

Bayram tadbiri hozirgi pandemiya sharoitini hisobga olgan holda tor doirada tashkil etildi. Unda muassasa tarbiyalanuvchilari va ularning tarbiyachilari hamda institutning bir qator vakillari ishtirok etdilar. Bayram dasturi davomida bolalar tomonidan bayram she’rlari va qo’shiqlar, shunga hamohang tarzda raqslar ijro etildi, turli hil ko’ngilochar o‘yinlar o‘tkazildi. Bayram so‘ngida bolalarga institut rektorining bayram sovg‘alari topshirildi.

Manba: Institut matbuot xizmati

Qidirish