Andijon mashinasozlik instituti O'zbekiston-Xitoy ilmiy-texnik loyihalar tanlovida muvaffaqqiyatli ishtirok etdi. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari bo‘yicha insitutimiz tomonidan taqdim qilingan loyiha ham moliyalashtirishga tavsiya qilingan ilmiy-texnik loyihalar ro‘yxatidan o‘rin egalladi.
Loyihaning nomlanishi "Katta ma'lumotlarga asoslangan qayta tiklanadigan energiya bilan aqlli (AI) tarmoq tizimini tadqiq qilish va qo'llash" bo'lib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini O'zbekistonda rivojlanishiga katta hissa qo'shishi bilan ahamiyatlidir.