Tashkil etilgan muassasa jami 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unga 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Institut xodimlari va talabalari farzandlari chergirmalar asosida qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
✅Ota- onalarning pasport nusxasi;
✅Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
✅Ota- onaning nikox guvohnomasi nusxasi;
✅Yashash xududiga tegishli poliklinikadan 0.26 forma (farzandingizni sog‘lomligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma).
Muassasa Avtomobilsozlik fakulteti, 2-talabalar turar joyi binosi hududida joylashgan.
Manba: Institut matbuot xizmati