Yangiliklar

Image

Sholdirama MFY hududida joylashgan 14-umumta'lim maktabi o'qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Oliy ta’lim muassasalari hamda Mahalla fuqarolar yig’inlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari davom etadi. Mahalladagi uyushmagan yoshlarning ko‘p qismini mahalla hududida joylashgan maktab o‘quvchilari tashkil etadi. Sholdirama MFY hududida joylashgan 14-umumta’lim maktabni joriy yilda 100 nafar o‘quvchi tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yishga shay bo‘lib turibdi. Maktab o‘quvchilarini kelgusidagi rejalari qanday? Maktabdan keyingi ta’lim ularni qiziqtiryaptimi? Umuman olganda bu borada yoshlarga oliy ta’lim va undagi yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berish uchun o‘qituvchilar yetarlicha ma’lumotga egami? Aynan shu bo‘yicha bugun 20-may kuni institutimizning Transport va logistika fakulteti dekani M.Qo‘chqarov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Yusupova, O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Madaminovlar maktab o‘qituvchilari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida institutda tashkil etilgan yangi fakultetlar va yo‘nalishlar, ularga kirish uchun asosiy fanlar, talabalar uchun yaratilgan qo‘shimcha sharoitlar, institut qoshidagi Avtomaktab faoliyati, yangi barpo qilingan sport maydonchalari va majmualar haqida ma’lumot berilib, bularning barchasidan maktab o‘quvchilari tegishli tartibda foydalanishlari mumkinligi aytildi.

 Shuningdek maktab o‘quvchilarini institut moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi.

Manba: Institut matbuot xizmati

Qidirish