Yangiliklar

Image

“Tilshunoslik va raqamli hayot: rivojlanish istiqbollari va muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

2021-yil 20-aprel kuni Andijon shahridagi "Digital City" majlislar zalida Andijon mashinasozlik instituti Tillar kafedrasi tomonidan “Tilshunoslik va raqamli hayot: rivojlanish istiqbollari va muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanni o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Jo‘rabekova olib bordi.

Anjuman quyidagi sho‘balarda o‘tkazildi: 
1-sho‘ba: Zamonaviy tilshunoslikning 
dolzarb muammolari. 
2-sho‘ba: Tilni bilish va bax;olash 
tizimi buyicha mavjud muammolar va 
takliflar. 
3-sho‘ba: Raqramli hayot va tilshunoslik. 
4-sho‘ba: Til va yoshlar tarbiyasi. 
5-sho‘ba: 21 asr adabiyoti.Real hayot va 
kelajak.

Anjumanda yurtimizda til borasidagi muammolar ko‘tarilib ularga turli yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek yig‘ilganlar hamda ma'ruzachilar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.

Manba: Institut manbuot xizmati

Qidirish