Yangiliklar

Image

Yoshlardan tuzilgan "Innovatorlar" jamoasi taqdirlandi

Xabaringiz bor institutimizda Robototexnika hamda informatsion texnologiyalarga qiziquvchi yoshlardan tuzilgan "Innovatorlar"  jamoasi Toshkent shahri TDTU Yapon markazida 9-12 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “ROBOT-UZ 2021” robototexnika musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashib umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritgan edilar.

Institut rektori U.M.Turdialiyev mazkur musobaqada munosib qatnashgan institutning iqtidorli talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalarga bilim olish, izlanishdan to‘xtamasliklari hamda ular uchun qanday yordam kerak bo‘lsa tayyorligini bildirdi hamda "Innovatorlar" laboratoriya xonasiga homiylar tomonidan berilgan konditsioner hamda televizorni topshirdi.

Qidirish