Yangiliklar

Image

Talabalar sport klubi faoliyati

Bugun erta tongdan institutda badantarbiya mashg‘ulotlari tadbirlari boshlandi. 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi, o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan yoshlar institutning “Talabalar sport klubi” raisi o‘rinbosari A. Haitov boshchiligida mashqlarni maroq bilan bajardilar.

Erta tongdan inson salomatligi va kayfiyati uchun foydali bo‘lgan ushbu mashg‘ulotlar jadval asosida davom ettirilishi aytildi. Ayniqsa pandemiya va og‘ir aqliy mehnat davrida shu kabi badantarbiya mashg‘ulotlari juda zarur.

Manba: www.andmiedu.uz

Qidirish