Yangiliklar

Image

Talabalar yotoqxonalarini qurishga 4,4 trillion soʻm ajratiladi, ijara pulining 50 foizi esa davlat tomonidan qoplab beriladi

Prezident ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini maʼlum qildi.

Bugungi kunda 130 mingdan ziyod talabalar ijarada yashamoqda. Ularga 1-maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablagʻi hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi oʻquv yilida buning uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.

Ayrim talabalarga ijara xarajatlari uchun pul to'lanadi. Uni qanday olish  mumkin?

Shuningdek, 4,4 trillion soʻm mablagʻ yangi yotoqxonalar qurilishiga yoʻnaltiriladi.

Manba: www.lex.uz

Qidirish