Yangiliklar

Image

Ilmiy faoliyat yetakchilari uchun navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi

8-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi Talabalar assotsiatsiyasi hamda Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi hamkorlikda institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar va guruhlardagi ilmiy faoliyat yetakchilari uchun ilmiy-innovatsion hayot, Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish tartibi, ilmiy maqola va tezislar yozish hamda ularni nufuzli konferensiya materiallar toʻplamlari, shuningdek, ilmiy jurnallarda chop etish boʻyicha ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda 2020-2021-oʻquv yili "Beruniy" nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar M.Ibrohimova, N.Sotvoldiyeva hamda "Islom Karimov" nomidagi davlat stipendiyasi sohibi S.Azimovlar spiker sifatida ishtirok etdilar. Jarayonni Talabalar assotsiatsiyasi prezidenti A.Akbarov boshqarib bordi.

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev, Institut matbuot xizmati xodimlari

 

Qidirish