Andijon mashinasozlik institutida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan e'lon qilingan Yoshlar oyligi doirasidagi navbatdagi sport musobaqasi yakunlandi. Joriy yilning 8-noyabr kuni institut talaba yigitlari o'rtasida Basketbol bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslar yakuniga ko'ra Mashinasozlik texnologiyasi jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2-o'rin Transport va logistika hamda 3-o'rinni Elektrotexnika fakulteti jamoalari qo'lga kiritdi.
Yoshlar oyligi doirasida tanlovlar davom etmoqda.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati