Yangiliklar

Image

“Oʻzbekiston-Turkiya” xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi tashabbuskor shaklda barcha fan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ilmiy tashkilotlar Turkiya Respublikasidan birgalikda “loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor” sifatida ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishishlari va mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim.

Tanlovga faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza natijalari boʻyicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.

Tanlov shartlari: 1-Form, 2_Application

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2023-yilning 31-yanvariga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim.

Batafsil ma'lumot: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi rasmiy veb sayti

Qidirish