Yangiliklar

Image

INSTITUTDA “BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ” SHIORI OSTIDA PROFILAKTIK TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 4-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti katta anjumanlar zalida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi Ahmadjon Matlyubov, Viloyat hokimligi mas’ul xodimi Jaloliddin Mansurov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi Umidjon Sharobiddinov, Andijon viloyati IIB xodimi Qahramon Abdurahimov, institut rektori maslahatchisi A.Islamov, Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Ermatov, Viloyat Narkologiya dispanseri xodimlari ishtirok etishdi.

Soha mutaxassislari tomonidan talabalarga narkotik, psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga bog‘liq holatlar haliyam ko‘plab uchrab turganligi, ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish kerakligi haqida tushuncha berildi. Talabalardan eng avvalo o‘zlari, shuningdek, yaqinlarini ham ogoh etishlari kerakligi haqida aytib o‘tildi. Taqiqlangan moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga qo‘llanilayotgan choralar, giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan shaxslar taqdiri haqida fikrlar bildirildi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan to‘liq javoblar berildi. 

 

 


Andijon mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish