Joriy yilning 3-noyabr kuni Xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida institutimizga Rossiyaning birinchi Prezidenti Boris Nikolayevich Yelsin nomidagi Ural Federativ Universitetining ilmiy ishlar bo'yicha prorektori fizika va matematika fanlari doktori Germanenko Aleksandr Viktorovich, Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali Immunologiya va fiziologiya institutining Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, morfologiya va biokimyo laboratoriyasi mudiri Danilova Irina Georgievna, Sankt- Peterburgdan metrolog Natalya Dmitriyevna tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Andijon mashinasozlik instituti bo’ylab kichik sayohat tashkil etildi. Innovatsion laboratoriyalar, co-working xonalari, Yoshlar texnoparki tanishtirildi. Shuningdek institutning bir qator yo'nalishlari, jumladan, Biomedical engineering, Umumiy va maxsus o'quv modullarini rivojlantirish va ushbu sohalarda hamkorlik qilish borasidan muzokaralar olib borildi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati