Joriy yilning 2-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutida "Jaholatga qarshi marifat" mavzusida ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha Andijon viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Irodaxon Axmedova, Andijon viloyati targ‘ibot guruhi rahbari Mufazzalxon Qodirova, IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi katta mutaxassisi Barnoxon Abbosova hamda viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Ermato, institut Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi R.Yusupova, IB va KT fakulteti talaba qizlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatoda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va xar xil ma‟naviy tahdidlardan asrash maqsadida ta’lim muassasalarida, yoshlar o’rtasida, mahallalarda ham keng qamrovli targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilayotganligi, hozirgi kunda yoshlarimizni to’g’ri yo’ldan ozdirishga va o’zlarining puch g’oyalari bilan zaxarlashga qilinayotgan harakatlar barchani tashvishga solayotganligi, oqibatda esa bunday mafkuraviy xurujlar yoshlar adashib qolayotganligi aytib o’tildi.
Shuningdek talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati