Institutda “Ilmiy to‘garak ishtirokchilari” olimpiadasining 2-turi o‘tkazildi
Joriy yilning 27-aprel kuni Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun institut talabalari o‘rtasida ilk bor “Ilmiy to‘garak ishtirokchilari” olimpiadasining 2-turi o‘tkazildi. Olimpiadada institutimiz kafedralaridagi mavjud 15 ta ilmiy to‘garakdan 15 nafar ishtirokchi talabalar o‘z jamoalari bilan innovasion ishlanmalarini taqdimotini o‘tkazdilar. Olimpiadaning 2-turi xakamlar xay’ati tomonidan 6 mezon bo‘yicha maksimal 60 balli tizimda baholandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻