Joriy yilning 3-noyabr kuni institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplanes nazorati” tizimi bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev hamda Elektrotexnika fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida V.Turdiyev tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan tushunchalar berilib, ijtimoiy korrupsiyada ishtirok etib qolmaslik, korrupsiyaviy holatlarda bo‘lim mutaxasislariga murojaat etishlari mumkinligi bildirildi. Shuningdek korrupsiyaviy holat uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik haqida ham ma’lumotlar berildi. Bo’lim faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubi haqida talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati