Yangiliklar

Image

Telegram ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan murojaat bo'yicha rasmiy munosabat

Joriy yilning 30-oktabr kuni telegram kanallarida “Andijonda Prezident farmoni, Vazirlar Mahkamasining Qarori nega ijro etilmayapti?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ta’lim olishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF - 6208 sonli farmoni, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil, 24-sentyabrdagi VM-605 sonli qarori  imzolangan.

Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida 2022-2023-oʻquv yili sentabr-oktabr oylari uchun oktabr oyi boshida 325 ta talabaga 97 500 000 soʻm ijara pullari toʻlab berilgan. Hozirda tyutorlar tomonidan ijaraga kelib joylashayotgan talabalar uchun ijara shartnomalari rasmiylashtirilishi davom etmoqda.

Shuningdek oʻquv yili oldidan talabalarning ijara qidirib sarson boʻlishlarini oldini olish maqsadida ishchi guruh tuzilib, institutga yaqin MFY lardan yashil hududdagi uylar roʻyxati tuzilib, institut ijtimoiy tarmoqlariga orqali joylangan.

Telegram kanallar adminlaridan yuborilayotgan murojaatlarni ikki taraflama holis oʻrganib chiqishlarini soʻrab qolamiz.


Andijon mashinasozlik instituti axborot xizmati institut faoliyatiga oid har qanday masalalarda OAV hamda blogerlar bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Qidirish