Yangiliklar

Image

Institut “Ilmiy kengashi”ning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy kengashi”ning 3-son kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash boshida an’anaga muvofiq taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi Akbarshox Baymirzayevga ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek Kasabi uyushmalari kuni munosabati bilan institut rektori U.M.Turdialiyevga O‘zbekiston kasaba uyushmalari fedratsiyasi Andijon viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi direktorining diploma hamda esdalik sovg‘asi topshirildi, bir qator institut kasaba uyushma a’zolariga ham esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Yig‘ilishda  Andijon mashinasozlik instituti Turkiyaning Karabuk universiteti bilan hamkorlikda institut talabalari uchun tashkil etilgan scholarship dasturi g‘oliblarini Karabuk universitetiga o‘qish uchun yuborish to‘g‘risida; Institut Ilmiy kengashining 2022-yil 1-mart kunidagi qarori ijrosini ta' minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 16-fevraldagi 63-sonli buyrug‘i bilan belgilangan ma'naviy-ma' rifiy ishlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida; Kretid-modul tizimida tahsil olayotgan fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalarga takroriy dars o‘tuvchi professor-o‘qituvchilarga soatbay ish haqqi to‘lash masalasi to‘g‘risida; Institut o‘ quy binolari va talabalar turar joylarini qishki mavsumga tayyorgarligi to‘g‘risida kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

 

 


Andijon mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish