Joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rais hamda yosh olimlar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, yosh olimlar, doktorantlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv ochiq suhbat ko‘rinishida bo‘lib Ahmadbek Tadjiyevich tomonidan ishtirokchilarga ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek yosh olimlar tomonidan ilmiy faoliyat, doktorantura himoya masalalari, komissiya faoliyatiga oid OTM larni qiynayotgan muammolar bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati