Joriy yilning 28-oktabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida “O‘zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SYNERGY)” loyihasining yakuniy konferensiya dasturi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda institutimiz bilan hamkorlik qiluvchi tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalari vakillari chet el OTM lari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Dasturni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Suhrob Aliyev ochib berdi.
Shundan so‘ng loyiha texnik kordinatori Avtomobilsozlik kafedrasi professori Tojiboy Almatayev so‘zga chiqib loyiha doirasida qilingan ishlar hamda natijalar to‘grisida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan tashkil etilgan laboratoriya xonalari, professor-o‘qituvchilarning hamkor OTM larda o‘tagan stajirovkalari haqida hisobot taqdim etdi. Shundan so‘ng loyiha ishtirokchisi Zafar Jo‘rayev so‘zga chiqib Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish kafedrasi o‘quv faoliyatida interfaol texnologiyalardan foydalanish samaradorligi mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek loyiha ishtirokchilari R.Voxobov, M.Jo‘raxonov, O.Tursunov, N.Qobulova, B.Mamadjanov ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ma’ruzalar yakunlangandan so‘ng loyiha doirasida tashkil qilingan laboratoriyalarga ekskursiyalar uyushtirildi va ularning rasmiy ochilishi o‘tkazildi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati