Joriy yilning 26-oktabr kuni institut Transport va logistika fakulteti anjumanlar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Viloyat targ‘ibotchilar guruhi rahbari M.Qodirova, Viloyat hokimligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi I.Axmedova, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi o‘rinbosari, podpolkovnik S.Nosirov, institut profilaktika inspektori, mayor I.Qahharov, Institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A.Ermatov, institut rektori maslahatchisi A.Islamov, Institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘I M.Xaliqova hamda 150 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va har xil ma’naviy tahdidlardan asrash maqsadida ta’lim muassasalarida, yoshlar o‘rtasida, mahallalarda ham keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilayotganligi, hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y beryotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganligini, har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo, kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitetni xosil qilish kerakligi haqida fikrlar bildirildi. Mavzu yuzasidan talabalarning fikrlari hamda talabalarning takliflari tinglandi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati